"Nasaf" va "Neftchi" muhim g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-tur doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda "Neftchi" va "Nasaf" jamoalari muhim g‘alabalarga erishdi.
Farg‘onada, "Istiqlol" stadionida "Neftchi" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida kechgan bahs taqdirini 90-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi — mezbonlar futbolchisi Yovan Jokich o‘z jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Neftchi" ochkolarini 23 taga yetkazdi, "Buxoro" esa 9 ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda.

Shu turda amaldagi chempion "Nasaf" safarda "Mash’al" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 3:1. Qarshiliklar safida Husayn Norchayev dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Dragan Cheran mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona goli esa Nurjahon Muzaffarov hisobiga yozildi. Ushbu natijadan so‘ng "Nasaf" ochkolar sonini 31 taga yetkazib, turnir jadvalidagi yetakchilikni yanada mustahkamladi.
Bugun, 21 iyun kuni esa 13-turning markaziy uchrashuvlaridan biri — "Navbahor" va OKMK jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA