“Nasaf” – O‘zbekiston kubogi sohibi!
Futbol bo‘yicha mamlakat kubogining final o‘yini yakunlandi. Qarshining “Nasaf” jamoasi "Navbahor"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, uchinchi bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
30 oktyabr kuni Buxoroda o‘tgan uchrashuvda sakkiz marta O‘zbekiston kubogi final bahsida qatnashgan "Nasaf" g‘alabani tantana qildi.
Shiddatli o‘tgan o‘yinda gollarga “Nasaf”chilardan Akmal Mozgovoy (29 daqiqada) va Mateus Lima(100), “Nabahor”chilardan esa Doniyor Abdumannopov mulalliflik qildi.
Shu tariqa "Nasaf" kelasi yili o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Agar klub Superligada ham chempionlikni qo‘lga kiritsa, birinchilikda kumush medal sohibi bo‘lgan jamoa keyingi yo‘llanmaga ega chiqadi.
O‘zbekiston uchun OFK tomonidan 2+2 ko‘rinishida kvota ajratilgan. Ikki jamoamiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadi, yana ikki klubimiz saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘radi.
T.RO‘ZIEV, O‘zA