“Nasaf metall”ning sport tovarlari
Qarshi shahridagi “Nasaf metall” mas’uliyati cheklangan jamiyatida temir darvoza, panjara, ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlardan tashqari, har xil trenajyorlar, yig‘ma stol tennisi jihozlari ham ishlab chiqarilmoqda.
Qarshi shahridagi “Nasaf metall” mas’uliyati cheklangan jamiyatida temir darvoza, panjara, ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlardan tashqari, har xil trenajyorlar, yig‘ma stol tennisi jihozlari ham ishlab chiqarilmoqda.Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar, xususan, trenajyorlar sifatiga ko‘ra xorijnikidan aslo qolishmaydi, narxi nisbatan arzon. Shuning uchun ham “Nasaf metall” tovarlariga talab ortib bormoqda.
– Tayyor mahsulotning bir qismi buyurtma asosida xaridorlarga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, qolgani ichki bozorda sotilmoqda, – deydi korxona rahbari Nurbek Sirojev. – Ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi hisobidan ishchilarimiz manfaatdorligi oshirilmoqda, korxona imkoniyatlari kengayib borayotir. Davlatimiz tomonidan biz, tadbirkorlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli shunday muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz.
Mazkur korxonada yigirma nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qiladi.
– Kollejdan to‘g‘ri shu yerga ishga keldim, – deydi ishchi Behro‘z Qahramonov. – Adashmagan ekanman. Hozir bu yerda tajribali ishchilardan metall parchalarini payvandlash sir-asrorlarini o‘rganmoqdaman. Muhimi, ish bo‘yicha tajribam oshayapti, doimiy daromadga egaman.
Ayni paytda korxona mutasaddilari yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turi va hajmini ko‘paytirish, sifatini yanada yaxshilash, maktab, litsey va kollejlarga, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida qurilayotgan obyektlarga sport tovarlari yetkazib berish bo‘yicha ish olib bormoqda.