Naqdsiz to‘lovlar: notariusda nimalar o‘zgardi? (+video)
Sir emaski, bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti raqamli transformatsiya bosqichida turib, moliyaviy shaffoflik, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va raqobat muhitini yaxshilashni ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Shu maqsadda, 2025-yil 10-dekabrda Prezident tomonidan PF-246-son Farmon qabul qilindi. Ushbu farmon naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilaydi.
Bunda hisob-kitoblar bank va notarial organlarning axborot tizimlari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi orqali amalga oshiriladi hamda shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirish uchun to‘lovni tasdiqlovchi ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Lavhamiz davomida yurtimizda naqdsiz oldi-sotdi hujjatlarini rasmiylashtirishda Notarius xizmatida nimalar o‘zgargani haqida ma’lumot beramiz.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/wv-A6eZN8BA" title="Naqdsiz to`lovlar: notariusda nimalar o`zgardi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA