Namunali ta’lim maskani
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 638 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Maktabning fan kabinetlari zamonaviy o‘quv qurollari, komputer to‘plamlari bilan jihozlangan. Olti mingga yaqin kitob fondiga ega kutubxona o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bilimini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir. O‘quvchilar darsdan so‘ng fan hamda kasb to‘garaklariga jalb etilgan.