Namanganda yoshlar media markazi
Namangan shahridagi Yoshlar markazida viloyat yoshlar media markazi ochildi.
“Yosh jurnalist” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan markaz eng zamonaviy media jihozlari bilan ta’minlangan. Media markazda xronometraj, axborot dasturlari, besh tashabbus doirasidagi musiqiy-madaniy ko‘rsatuvlar, asosiy xabarlar, erkin mavzulardagi suhbatlar, brifing hamda matbuot anjumanlari o‘tkazish uchun mos sharoit yaratilgan.
[gallery-829]
Yangi muassasa, avvalo, viloyat yoshlari hayotini keng targ‘ib qiladi. Shu bilan birga, viloyatdagi boshqarma, tashkilotlar uchun matbuot anjumani o‘tkazilishining asosiy makoni sifatida xizmat qiladi.
Media markaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Abdurazzaqov ishtirok etdi.
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA