Namanganda yilning eng faol ayollari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi "Afsonalar vodiysi" tematik parkida joylashgan "Silk Granat" milliy hunarmandchilik majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida "Yil ayolи” "Gender tenglik faoli" milliy ko‘rik- tanlovining Namangan shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 43 nafar ayol 11 nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
“Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” “Yilning eng ko‘p ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi", “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, "Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga shahar hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
[gallery-14401]
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dilorom Abdurahimova qatnashdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA fotomuxbiri