Namanganda yangi IT o‘quv markazi ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Namangan «Dastur.X» axborot texnologiyalari o‘quv markazi foydalanishga topshirildi.
Bu markaz viloyatda yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
[gallery-21498]
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, viloyat «Nuroniylar» jamoatchilik kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, ulardan oqilona foydalanayotgan yoshlar safi kengayib borayotganini e’tirof etdilar. Zamonaviy kasb hisoblangan IT yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan o‘quv markazi ham sohaga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Ushbu o‘quv markazi tadbirkor Foziljon Zayniddinov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, yigirmaga yaqin ish o‘rni yaratildi. Bu yerda bir oyda 400 nafargacha o‘quvchini qabul qilish va ularga veb dasturlash, frontend, bekend, dizayn va IT Kids kabi yo‘nalishlarda sifatli ta’lim berish imkoniyati mavjud.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA