Namanganda qalbaki dollar savdosiga chek qo‘yildi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda Chust tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSH долларини shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSH долларига sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz ДХХнинг 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.