Namanganda nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Namanganda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi viloyat bo‘linmasi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda davlat dasturlari va strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish jarayonida mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari, xalq deputatlari, Kengash kotibiyati va adliya boshqarmasi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-30975]
Muloqot davomida nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, davlat dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati hokimligida davlat dasturlari ijrosi uchun mas’ul axborot-tahlil guruhi va boshqa bo‘linmalar xodimlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning hududda amalga oshirilishi, ularning ijrosini o‘rganish va tahlil qilish masalalari muhokama etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA