Namanganda III Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida YUNESKO va ICESCO shafeligida III Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli tadbirda 80 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan 230 nafardan ziyod vakil ishtirok etmoqda. Ular orasida madaniyat sohasi rahbarlari, olimlar, san’at arboblari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari bor.
[gallery-30076]
Anjuman maqom san’atini asrash va targ‘ib etish, milliy musiqiy merosni keng ommalashtirish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida “Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusida xalqaro konferensiya va ilmiy-amaliy forumlar o‘tkazilmoqda. Ularda maqom san’atining tarixi, bugungi taraqqiyoti va kelajak istiqbollari muhokama qilinmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA