Namanganda 106 yoshli onaxonga ehtirom ko‘rsatildi
Ayolni ulug‘lamoq – oilani, jamiyatni, butun millatni ulug‘lamoq demakdir. Yurtimizda keksalik gashtini surayotgan ulug‘ yoshdagi tabarruk onaxonlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylanmoqda.
Namangan viloyati hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Namangan shahridagi Yakkasada mahallasida istiqomat qiluvchi 106 yoshli Xalchaxon aya Jalilovani yo‘qladi.
11 nafar farzandni tarbiyalagan kayvoni onaxon Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida jonbozlik bilan mehnat qilgan. Xalchaxon aya bugungi kunda o‘nlab nevara va evaralar davrasida duogo‘y va maslahatgo‘ydir.
Viloyat rahbari Xalchaxon ayani bayram bilan muloqotda dil so‘zlarini izhor etdi. Tabarruk momoning duolari olinib, sovg‘a-salomlar topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Namangan shahrida bir asrdan oshgan 11 nafar mehnat faxriysi umrguzaronlik qilishmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA