Myunxenda otishma sodir boʻldi
Bugun Germaniyaning Myunxen shahrida sodir boʻlgan otishmada ikki kishi halok boʻlgan.
Bugun Germaniyaning Myunxen shahrida sodir boʻlgan otishmada ikki kishi halok boʻlgan.
Bu haqda Myunxen politsiyasining Tvitterdagi sahifasida axborot berilgan.
Qayd etilishicha, voqea joyida ikki jasad va oʻq otar quroli topilgan.
“t-online“ axborot portalining aniqlik kiritishicha otishma qurilish maydonida sodir boʻlgan.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda aholi uchun xavf yoʻq. Surishtiruv ishlari boshlangan.