Myanmada yana 11 kishi halok bo‘ldi
Myanmada davlat to‘ntarishiga qarshi kurashni davom ettirishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, namoyishlar chog‘ida yana o‘n bir nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ov miltig‘i, qo‘l bola bomba bilan qurollangan aholi vakillari shimoli-g‘arbdagi shaharchada xavfsizlik kuchlariga qarshi norozilik bildirishyapti.
Mahalliy OAV xabar berishicha, “Now” va “Irrawaddy” yangiliklar agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Taze shahrida namoyishni bostirish uchun oltita yuk mashinasida qo‘shinlar safarbar etilgan.
Payshanba kuni ertalabgacha davom etgan to‘qnashuvda 11 namoyishchi o‘ldirildi, 20 ga yaqin odam yaralandi.
Askarlar orasida qurbonlar berilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.