Myanmada kuchli zilzila
Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Janubi-sharqiy Osiyoda sodir bo‘lgan zilzila ikki davlat – Tailand va Myanmani qamrab olgan. Yer silkinishi, ayniqsa, Neypido va Yangon shaharlarida kuchli sezilgan.
“RIA Novosti” Myanma va Rossiya do‘stligi uyushmasi mas’ul kotibi Moye Xtetga tayanib yozishicha, hali ofat oqibati aniq baholangani yo‘q, silkinish kuchi 6 magnitudaligi taxmin qilinmoqda.
Zilziladan Tailand poytaxti Bangkok ham jiddiy zarar ko‘rgani aytilmoqda.