Muzaffarbek To‘raboyev Osiyo o‘yinlarida tengsiz
Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan o‘rin olgan dzyudo bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi bahslar o‘tkazildi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida +100 kilogramm vazn toifasida o‘tgan final bellashuvida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev mezbonlar vakili Xyoga Отага qarshi tatamiga chiqdi. Mazkur bellashuvda polvonimiz raqibini ippon bilan mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi.
Ayni damda delegatsiyamiz medallari 62 taga yetdi. Ularning 19 tasi oltin, 21 tasi kumush va 22 tasi bronza bo‘lib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA