Mutolaa — ma’naviy kamolot sari yo‘l
FOTOREPORTAJ
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Buxoro viloyatida yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbirlar davomida o‘quvchi va talaba-yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi yangilanishlar va taraqqiyot jarayonlari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lmoqda. Muloqot va muhokamalarda yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, ularning fikr va mulohazalari ham tinglanyapti.
[gallery-31545]
Jumladan, “Inson qadri uchun, el-yurt farovonligi uchun”, “Yurt qayg‘usi – 365 kun”, “Vatan va xalq haqida o‘ylar”, “Yangi O‘zbekiston: kelajak sari ishonchli qadam” kabi asarlar mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oya va fikrlar yoshlar ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur asarlarda inson manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish, Vatan taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan.
Kitob mutolaasi yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitib, tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilyapti. Shuningdek, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizdagi yangilanish va taraqqiyot jarayonlarini chuqurroq anglashi uchun muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbirlarda kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, ma’naviy olamni boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashilyapti. Yoshlar o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘z qarashlarini bildirib, kitobxonlikning hayotdagi ahamiyati haqida mulohaza yuritmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA