Mutaxassislar “sifatsiz go‘sht» muammosini o‘rgandi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan «Zarafshon» gazetasi saytida 2021 yil 7 iyunida berilgan «Urgutda hamon sifatsiz go‘sht sotilmoqda, mutasaddilar esa mum «tishlab» o‘tiribdi» sarlavhali maqolada aks etgan muammolar joyiga borib o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida maqolada aks etgan muammolar mavjudligi, tumandagi «Dehqonobod» bozoriga berkitilgan veterinariya vrachi Z. Murodillayev ish faoliyati davomida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani aniqlandi.
Ishchi guruh xulosasi asosida xizmat faoliyati davomida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun Z. Murodillayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek, qo‘mita mutaxassislari tomonidan go‘sht-sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari savdosida tegishli veterinariya sanitariya qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha tadbirkor, sotuvchi va xaridorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati