Mustaqillikka munosib tuhfalar
Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida ezgu maqsadga xizmat qiladigan, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari yanada jadal tus olmoqda. Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan yirik ijtimoiy qurilish loyihalari ham ana shu ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘lib, ular yurt ravnaqi, aholi farovonligi va kelajak avlod manfaatlariga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yirik ijtimoiy ob’ektlarda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi. 2026-yil 10-iyul holatiga ko‘ra, umumiy qiymati 116,5 milliard so‘m bo‘lgan 10 ta yirik ob’ektда qurilish-montaj ishlarining 107,3 milliard so‘mlik qismi, ya’ni 92 foizi bajarilgani bunyodkorlik ishlari belgilab olingan reja asosida izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Bu raqamlar ortida oddiy hisob-kitob emas, balki minglab insonlarning ertangi kuniga daxldor ezgu maqsadlar mujassam. Yangi maktablar, kengaytirilayotgan o‘quv binolari, zamonaviy sport inshootlari va davlat muassasalari uchun barpo etilayotgan qulay sharoitlar aholining hayot sifati va ijtimoiy infratuzilmani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ob’ektlarning 9 tasi umumta’lim maktablarидир. Ularning umumiy qiymati 62 milliard so‘mни tashkil etadi. Bugungi kunga qadar ushbu mablag‘ning 56 milliard so‘mlik qismi o‘zlashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlari 90 foizga yetgan.

Baxmal, G‘allaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlaridagi mazkur ta’lim muassasalarida rekonstruksiya ishlari, mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha o‘quv binolari barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat binolar qiyofasini o‘zgartiradi, balki ta’lim sifati uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Ayniqsa, qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarining yaratilishi aholisi o‘sib borayotgan hududlarda ta’lim tizimi yukini yengillashtirishga xizmat qiladi. Jumladan, Baxmal tumanidagi 8-sonli maktab filialida 330 yangi o‘quvchi o‘rni, G‘allaorol tumanidagi 62-sonli maktabda 270, Sharof Rashidov tumanidagi 6-sonli maktabda 480, Zomin tumanidagi 26-sonli maktabda esa 180 yangi o‘quv o‘rni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
E’tiborlisi, shu bilan cheklanib qolinmayotganidir. Bir qator maktablarda yangi sport zallari qurilmoqda. Natijada yuzlab o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va barcha qulayliklarga ega ta’lim muhiti shakllantirilmoqda. Chunki bugungi kunda zamonaviy ta’lim sifatli darslik yoki malakali o‘qituvchi bilangina emas, balki munosib infratuzilma bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Quvonarlisi, ayrim ob’ektlarda ishlar to‘liq yakunlangan. Xususan, Baxmal tumanidagi 39- va 62-sonli, G‘allaorol tumanidagi 57-sonli, Zomin tumanidagi 26-sonli maktabларда qurilish ishlari 100 foizga bajarilgan. Ushbu ob’ektlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish uchun to‘liq tayyor holatga keltirilgan.
Qolgan ob’ektlarda ham ishlar yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Jumladan, Sharof Rashidov tumanidagi 6-sonli maktabda qurilish darajasi 82 foiz, Baxmal tumanidagi 8-sonli maktab filialida 78 foiz, G‘allaorol tumanidagi ayrim maktablarda esa 87–95 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar qurilish ishlari belgilangan reja asosida izchil olib borilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi kutilayotgan yana bir muhim ob’ekt — Jizzax viloyati prokuraturasining yangi ma’muriy binoсидир.

Uning umumiy qiymati 54,4 milliard so‘m bo‘lib, bugungi kunga qadar 51,2 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Qurilishning tayyorlik darajasi 94 foizni tashkil etmoqda. Yangi ma’muriy bino prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha 10 ta ob’ekt uchun rejalashtirilgan mablag‘lar to‘liq ajratilgan bo‘lib, loyihalar Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.
Yana bir muhim jihat shundaki, hisobotda biror-bir ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayotgan muammo qayd etilmagan. Bu esa barcha ishlar belgilangan reja va grafik asosida olib borilayotganini, shuningdek, ob’ektlarni 2026-yil 20-avgustga qadar foydalanishga topshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini anglatadi.

– Asosiysi, bu qurilishlar faqat g‘isht, beton va temirdan iborat inshootlar emas. Ular ilm olishga intilayotgan bolalarning orzulari, pedagoglarning samarali mehnati, davlat xizmatlari sifati va inson manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy muhitning mustahkam poydevoridir, – deydi Jizzax viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayev. – Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan barpo etilayotgan mazkur ob’ektlar Jizzax viloyatining ijtimoiy qiyofasini yanada yuksaltirish, ta’lim infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish, davlat muassasalari faoliyati uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida tarixga muhrlanadi.
Eng muhimi, 116,5 milliard so‘mlik bunyodkorlik dasturining 92 foizi allaqachon amalga oshirilgani, mablag‘larning to‘liq o‘zlashtirilgani va qurilish jarayonida tizimli muammolar qayd etilmagani Mustaqillik bayrami arafasida Jizzax ahli uchun munosib bayram tuhfalari tayyorlanayotganining eng ishonchli dalilidir. Zero, Vatan taraqqiyoti avvalo inson uchun yaratilayotgan sharoitlar, farzandlar ta’lim oladigan maktablar va xalq manfaatiga xizmat qiladigan zamonaviy inshootlarda namoyon bo‘ladi.
Abdujalol Qayumov,O‘zA muxbiri