Mustaqillik va kuch-qudrat ramzi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab ulkan bayroq shaharning al-Farg‘oniy ko‘chasidan orkestr jo‘rligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni shahar aholisi va mehmonlari, keksayu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar.
Viloyat teatr va konsert saroyining old sahnasida bayramning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan farg‘onalik ijodkor va tarixchilar, jamoatchilik vakillari xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqillik ramzi bo‘lgan bayroq davlatchiligimiz tarixining barcha davrida ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganini ta’kidladilar.
[gallery-20429]
Konsert dasturi yanada bayramona ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA