Mustaqillik taqdirimizda, hayotimizda va qalbimizda
Mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ va qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Fuqaroviy-huquqiy fanlar” kafedrasi tashabbusi asosida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” mavzusida Universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, magistratura fakulteti tinglovchilari va kursantlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mustaqillik har birimizning taqdirimiz, hayotimiz va qalbimizda mangu yashaydi. Mustaqillik bu huquq demakdir. Shunday ekan, mustaqillikni asrab avaylash uchun har birimiz doim uyg‘oq va hushyor bo‘lishimiz talab etiladi. Tadbir davomida ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi tarixiy ahamiyati, milliy davlatchiligimizning rivojlanishi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar mustaqillikning mazmun-mohiyati, mamlakat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, ilm-fan va ta’limning jamiyat kelajagidagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Savol-javoblar va erkin muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mustaqillik bizga bergan imkoniyatlar, tinchlik va osoyishtalikning qadri, Vatan ravnaqi va uning kelajagi uchun har bir fuqaroning mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Bunday tadbirlar tarixiy xotirani mustahkamlash hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zA