MUSTAQILLIK SOLNOMASI: 2007 - 2008 - 2010 - yillar(+video)
"Mustaqillik solnomasi" loyihasining navbatdagi soni 2007 - 2008 - 2010-yillardagi asosiy voqea va hodisalarga bag‘ishlanadi.
2007-yil 23-dekabrda mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Karimov saylovchilarning 88,1% ovozini olib, navbatdagi muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi.
2008-yil 22-avgust kuni Toshkent shahri va uning atrofida 6 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar va jiddiy vayrongarchiliklar qayd etilmadi.
2008-yilda O‘zbekiston sportchilari Pekinda o‘tkazilgan XXIX Yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 4 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
2010-yil 10–11-iyun kunlari qo‘shni Qirg‘iziston janubida (O‘sh va Jalolobod shaharlarida) yuz bergan millatlararo nizolar oqibatida 100 mingga yaqin o‘zbek millatiga mansub qochqinlar O‘zbekistonga kirib keldi. O‘zbekiston hukumati Andijon va boshqa viloyatlarda vaqtinchalik chodir lagerlari barpo etib, ularga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA