Mustafo Demirji: Amir Temur nafaqat imperiya, balki sivilizatsiya barpo etgan buyuk shaxs
Poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni” xalqaro ilmiy anjuman doirasida O‘zA muxbiri Turkiyaning Ko‘niya shahridagi Saljuq universiteti professori, doktor Mustafo Demirji bilan qisqa suhbat uyushtirdi.
– Janob Demirji, Amir Temur shaxsiyati va Temuriylar davrini mutaxassis sifatida qanday baholaysiz?
– Bir inson umri davomida, hatto, bir uy qurishga ham ulgurmasligi mumkin. Alhol, Sohibqiron Amir Temur ulkan imperiya barpo etgan nodir shaxs hisoblanadi.
U nafaqat davlat barpo etgan, balki saltanatini qudratli imperiyaga aylantira olgan. Muhimi, bu jarayon faqat harbiy yurish bilan cheklanmagan. Temur nafaqat o‘z yurtida, balki jahon miqyosida madaniyat, me’morchilik va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, to‘laqonli sivilizatsiya barpo etgan. Tarixda bunday shaxslar sanoqli. Shu bois Temur va Temuriylar merosini juda chuqur tadqiq etish, keng ko‘lamda o‘rganish zarur.
D.Hakimov,
F.Abdurasulov (surat),
O‘zA