Musobaqa yakunlandi
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi.
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi.O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Qilichbozlik federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada uch yuzdan ortiq sportchi kuch sinashdi.
Poytaxtlik Ye.Konovalov, Q.Qanoatov, R.Aleksandrov, L.Kalimullina, M.Abdurazzoqova kabi sportchilar barcha raqibini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
– Musobaqaning har biri bahsi keskin tarzda o‘tdi, – deydi Yevgeniy Konovalov. – Bu yurtimizda qilichbozlik sport turi jadal ommalashayotganidan dalolatdir. Maqsadim – jahon va Osiyo chempionatlarida g‘olib bo‘lish.