Musobaqa qizg‘in va murosasiz o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Eng so‘nggi musobaqa – kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda 120 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.
Ishtirokchilar 12 vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi.
Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. 16-21 yoshli sportchilar orasida Aydos Mahmudov, Avazbek Qoshqarboyev, Beksulton Talasboyev, Biybayim Yusupova, Manzura Karamatdinova, Dilfuza Abatova g‘olib, deb topildi. 22-26 yoshli sportchilardan Qallibek Jamg‘irboyev, Jasurbek Davletboyev, Abdulaziz Perdeboyev, Madina Aliyeva, Shoira Ortiqova, Qunduz Boltaboyeva o‘z vazn toifasida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA