Musiala Ekvadorga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Musialaning o‘rnini asosiy tarkibda Deniz Undav egallashi mumkin.
Jamal Musiala JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Ekvador milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Insayder Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchiga pley-off bosqichi oldidan qo‘shimcha dam berishga qaror qilgan.
Manbaga ko‘ra, Musialaning o‘rnini asosiy tarkibda Deniz Undav egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Germaniya milliy terma jamoasi hamda Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 25-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.