Musavvir ayozning sehrli chizgilari
Qish - yilning eng maftunkor va ertaknamo faslidir. Tabiat ham yengil tin olib, hordiq chiqarish vaqti kelgani sezgandek go‘yo. Orziqib kutilgan qor borliqqa oppoq gilamini to‘shab, dov-daraxtga ertakdagidek marjon liboslarini kiydirdi.
Tong qirovi va yaxmalakdan qaytayotgan quyosh nurlari kamalak kabi serjilo tovlanayotir. Shoir ushbu satrlarni shunday manzaradan ilhomlanib bitgani tayin:
[gallery-445]
Hali qorlar o‘par labingni,
Izg‘irinlar belingdan quchar,
Muzlatadi ayoz taningni —
Xotirangdan kuzak ham o‘char.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA