Murojaatlar oʻz vaqtida hal etilmoqda
“Oʻzenergoinspeksiya“ning Fargʻona hududiy boʻlimi tomonidan murojaatlarni oʻz vaqtida oʻrganish va mavjud muammolarning yechimini topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Oʻzenergoinspeksiya“ning Fargʻona hududiy boʻlimi tomonidan murojaatlarni oʻz vaqtida oʻrganish va mavjud muammolarning yechimini topishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi Kaldushon mahallasida elektr taʼminoti korxonasi tomonidan mahalladagi transformatorda nosozlik boʻlgani sababli elektr energiyasi yoʻqligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.
Ushbu oʻrganishlarga asosan haqiqatdan ham tumandagi Kaldushon mahallasining Bogʻ koʻchasini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi Furqat tuman elektr taʼminoti korxonasi tasarrufidagi 170-sonli quvvati 160 kVA boʻlgan transformator shu yilning 25-noyabr kuni elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan transformator moyini izolyatsiyasi qarshiligi meʼyoridan pasayib ketganligi sababli laboratoriya tahlilidan oʻtkazish uchun 1260 sonli naryad farmoyishga asosan yechib olinganligi aniqlandi.
Shu kunning oʻzidayoq hududiy boʻlim mutaxassisi ishtirokida transformator moyi meʼyoriga keltirilib, transformator joyiga oʻrnatilib mahallada elektr taʼminoti toʻliq tiklandi.
Bundan tashqari, Furkat tumani Chek chuvaldoq mahallasi Soy boʻyi koʻchasida joriy yilning 28-noyabr kuni Fargʻona hududiy boʻlimi ishonch telefoniga elektr taʼminotidagi uzilishlar boʻyicha qilingan murojaati yuzasidan boʻlim tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.
Natijada ushbu mahallani elektr energiyasi bilan taʼminlovchi transformator punktidagi ortiqcha elektr taʼminotida uzilishlarga sabab boʻlayotgan avtomat katta yuklamalisiga almashtirilishi taʼminlandi. Chunki ushbu transformator punktidagi avtomat yuklamaga mos tanlanmaganligi sababli yuklama ortgan paytda elektr taʼminotida ortiqcha uzilishlarga sabab boʻlayotganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu ikkala murojaat yuzasidan ham oʻtkazilgan oʻrganishlardan soʻng elektr taʼminoti barqarorligi va uzluksizligi taʼminlandi.
Xurshid ESHQOʻZIYEV,
“Oʻzenergoinspeksiya“ Fargʻona
hududiy boʻlimi boshligʻi