Murojaatlar 36 foizga kamaydi: Agentlik oçiq muloqotni kuçaytiradi
Joriy yilda Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligiga jismoniy va yuridik şaxslardan 165 ta murojaat kelib tuşdi. Şuningdek, hududlarda aholi va tadbirkorlik subʼektlari muammolarini örganiş maqsadida 14 ta sayyor qabul taşkil etildi. Bu haqda Agentlik tomonidan ötkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, murojaatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga kamaygan. Kelib tuşgan murojaatlarning 64 tasi ijobiy hal etilgan, 83 tasi böyiça tuşuntiriş berilgan, 17 tasi tegişli taşkilotlarga yuborilgan. Yana bir murojaat körib çiqilmoqda.
Murojaatlar asosan mahsulotlarni sertifikatlaş, texnik jihatdan tartibga soliş, metrologiya, akkreditatsiya va standartlar bilan taʼminlaş masalalariga oid bölgan.
Brifingda maʼlum qilinişiça, ötkazilgan 14 ta sayyor qabulning 11 tasi reja asosida, 3 tasi rejadan taşqari taşkil etilgan. Uçraşuvlarda fuqarolar va tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularni hal etiş böyiça masʼullarga topşiriqlar berilgan.
Agentlik kelgusida murojaatlarni öz vaqtida körib çiqiş, hududlarda sayyor qabullar qamrovini kengaytiriş hamda aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan oçiq muloqotni yanada kuçaytirişni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Hamroz Bayonov,
ÖzA