Muqaddas oy fazilatlari
FOTOREPORTAJ
Muqaddas Ramazon oyining bugungi shukuhli kunlarida musulmon yurtdoshlarimiz emin-erkin ibodat amallarini ado etmoqda. Imom xatiblar oyning har bir kunida Qur’onning muqaddas oyatlarini jamoat bilan birgalikda xatim qilayotir.
Bugun Ramazonning eng qutlug‘ kunlaridan biri – Qadr kechasidir. Qolaversa, ushbu fazilatli kecha juma ayyomiga to‘g‘ri kelib ibodat qiluvchilarni yanada shod qildi.
[gallery-16795]
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Xonaqoh” masjidida viloyat bosh imom xatibi Ubaydullo Abdullayev kun xosiyati haqida dalilli ma’ruza qildi.
Ahli jamoa yurtga, xalqqa, vatanga tinchlik, farovonlik, e’tiqod erkinligini bardavom qilgan davlat rahbariga sihatlik va uzoq umr tilab duoyi fotihalar qildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA