Munavvar Qori ilm-ma’rifat targ‘ibotchisi (+video)
O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‘ildi.
Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon o‘g‘li mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxo‘ja Shorahimxo‘ja mudarris qizi otinoyi bo‘lgan. U oilada uchinchi o‘g‘il bo‘lib, katta akalari A’zamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim bo‘lishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki ta’lim-tarbiyani onasidan olgan. So‘ng o‘z davrining mashhur o‘qituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni o‘rganib, hofizi Qur’on bo‘lgan. 1885—90 yillarda Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi.
Munavvar qori o‘z faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.
Batafsil ma’lumot bilan videolavhada tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KZgTZls6EsI" title="Munavvar Qori ilm-ma’rifat targ`ibotchisi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA