Mukofotlar o‘z egalariga topshirildi
Farg‘ona shahri Qirguli mavzesida joylashgan “Do‘stlik uyi”da Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Prezident farmoniga ko‘ra taqdirlangan bir guruh farg‘onaliklarga davlat mukofoti va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab “Do‘stlik uyi”da milliy madaniy markazlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov, viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Hotamov millatlararo do‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Farg‘ona viloyatida milliy madaniy markazlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirilgani, milliy madaniy markazlarga alohida xonalar ajratilib, to‘garaklar o‘tish va turli tadbirlar tashkil etish uchun konsert zali zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani ta’kidlandi. Endilikda milliy madaniy markazlarga yoshlarni jalb etish, ular faolligini oshirish zarurligi aytib o‘tildi. Tadbir davomida ijtimoiy-siyosiy hayotning turli jabhalarida samarali mehnat qilib, millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi Tohir Kapadzega "Do‘stlik" ordeni topshirildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi Viktor Lyan, Farg‘ona viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi a’zosi Metin Karimov, Farg‘ona viloyati nemis milliy madaniy markazi a’zosi Irina Pavlova, So‘x tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i O‘ktamjon Ergashevga “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni topshirildi.
[gallery-13000]
M.Sulaymonov,
M.Qodirov (surat), O‘zA