Muhammad Rashid bin Hasnon: Koʻngilli ravishda ovoz berish koʻrsatkichi 70 foizga yaqinlashgani bu xalqaro miqyosda yaxshi, hatto aʼlo koʻrsatkich
OʻzA muxbiri Samarqanddagi saylovlarni kuzatib borgan Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri oʻrinbosari Muhammad Rashid bin Hasnonning taassurotlarini yozib oldi:
OʻzA muxbiri Samarqanddagi saylovlarni kuzatib borgan Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri oʻrinbosari Muhammad Rashid bin Hasnonning taassurotlarini yozib oldi:
– Men Oʻzbekistondagi saylovlarda ilk bor xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Samarqand viloyatidagi ovoz berish jarayonlariga guvoh boʻldim, saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarning ushbu tadbirga munosabati va boshqa turli jihatlarga eʼtibor qaratdim. Shu bilan birga menda Oʻzbekistondagi saylovlarni Malayziyada oʻtadigan saylovlar bilan taqqoslash imkoni ham paydo boʻldi. Toʻgʻrisi, saylov uchastkalaridagi qulayliklar, turli toifadagi fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar menda yaxshi taassurot qoldirdi.
Shuningdek, har bir fuqaroning bir ovozga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida Yagona elektron roʻyxat shakllantirilgani ham ushbu saylovning ijobiy jihatlaridan biridir. Shu oʻrinda keyingi saylovlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish imkoniyatlarini qidirish mumkinligiga ham eʼtibor qaratdim.
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish saviyasi juda yuqori ekanligini ham taʼkidlab oʻtmoqchi edim. Aksariyat saylov uchastkalari taʼlim muassasalarida tashkil etilgani tashkiliy tomondan ishni ancha osonlashtirganni koʻrinib turibdi.
Menimcha, nima uchun saylovchilarning 90 foizi saylovlarda qatnashmadi, deb tashvishlanishga hojat yoʻq. Zero, koʻngilli ravishda ovoz berish koʻrsatkichi 70 foizga yaqinlashgani bu xalqaro miqyosda yaxshi, hatto aʼlo koʻrsatkich.