Mudrik “Chelsi”dan “Tottenhem”ga o‘tmoqda
Kelishuvga 75 million funt (taxminan 87,5 million yevro) evaziga sotib olish huquqi kiritilgan.
“Chelsi” vingeri Mixail Mudrik faoliyatini Londonning boshqa bir klubi — “Tottenhem”da davom ettiradi. Ukrainalik futbolchi yangi jamoasiga pullik ijara asosida qo‘shiladi.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, transferning barcha tafsilotlari, jumladan, futbolchining shaxsiy shartlari ham kelishib bo‘lingan.
Kelishuvga 75 million funt (taxminan 87,5 million yevro) evaziga sotib olish huquqi kiritilgan. Biroq “Tottenhem” uchun ushbu bandni faollashtirish majburiy emas.
Mudrik Angliyaga Donetskning “Shaxtyor” klubidan kelgan. U Ukraina klubida “Tottenhem”ning hozirgi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi qo‘l ostida ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabrida Mudrikning organizmida taqiqlangan meldoniy moddasi aniqlangani xabar qilingandi. Diskvalifikatsiya bekor qilingach, ukrainalik futbolchi “Chelsi” safida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida jami 39 daqiqa maydonda harakat qildi.