Muborak oyda saxovat tadbirlari davom etmoqda
Davlatimiz rahbarining muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Muborak oyning ulug‘ kunlarida qaror ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligi birgalikda Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand, kam ta’minlangan turli diniy konfessiya vakillari holidan xabar olib, muborak Ramazon oyi bilan qutlashdi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi vakillari bilan hamkorlikda ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib, siniq ko‘ngillarga xursandchilik ulashdi.





O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu kabi saxovat tadbirlari muborak Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri