Mozori Sharifda “Farg‘ona savdo uyi” (+video)
Farg‘ona viloyatida 2026-yil yakuniga qadar eksport hajmini 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shundan 600 million dollarlik eksport qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan qismi sanoat mahsulotlari eksporti hisobidan ta’minlanadi.Albatta, bu yuksak ko‘rsatkich. Belgilangan maqsadga erishish uchun viloyatda yil davomida xorijiy hamkorlar va yangi xaridorlar izlash, eksport geografiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farg‘onalik 150 nafar tadbirkor va ishlab chiqaruvchining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida Afg‘onistonga amalga oshirgan tashrifi zamirida ham yangi bozorlarni o‘zlashtirish, savdo hamkorlari va xaridorlar topish maqsadi mujassam edi.
Shu maqsadda Qobul va Mozori Sharif shaharlarida biznes-forumlar tashkil etildi. Tashrif doirasida har ikki shaharda doimiy faoliyat yuritadigan “Farg‘ona savdo uyi” ochildi. Ularda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi ostida farg‘onalik tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar namoyish etiladi hamda sotiladi.
Shu tariqa, Qobuldagi savdo uyidan so‘ng Mozori Sharif shahrida ham O‘zbekistonning navbatdagi savdo uyi o‘z faoliyatini boshladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Da7iV-r3YiQ" title="Mozori Sharifda “Farg‘ona savdo uyi”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA