Mo‘ynoqda BDPIning 5 gektarlik bog‘i barpo etildi
Avval xabar berganimizdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutining ko‘ngilli xodim va talaba-yoshlaridan iborat jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida bog‘ yaratishni maqsad qilgandi.
–Mo‘ynoqda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar tashkil etildi, –deydi institut rektori Bahodir Ma’murov. – Mo‘ynoq tumani o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ajratilgan 5 gektar yerga hududning iqlimiga mos keladigan 3 ming tup ko‘chat – qayrag‘och, jiyda, saksovul ko‘chati va urug‘i, qandim, cherkes ko‘chatlari ekildi.


Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Buxoro viloyatiga biriktirilgan. Mazkur tuman Buxoro tajribasi asosida ravnaq topmoqda.



Buxoro davlat pedagogika instituti ko‘ngilli jamoasi tuman aholisi uchun madaniyat saroyida madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etdi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri