Moydinova Shohida Ismailjanovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini kasbga yo‘naltirganlik asosida shakllantirish texnologiyalari” mavzusida
Moydinova Shohida Ismailjanovnaning “Ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini kasbga yo‘naltirganlik asosida shakllantirish texnologiyalari” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 27 mart soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Boburshox ko‘chasi, 5-uy.
Tel: (74) 223-42-76
e-mail: asifl@edu.uz