Movarounnahr – sivilizatsiyalar chorrahasi
Turkiyaning Ilmni qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi va Usmonli ilmlar akademiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Movarounnahrda ilmiy hayot” mavzuida onlayn seminar tashkil etdi.

Markaz axborot xizmatining OʻzAga maʼlum qilishicha, seminarda Turkiyaning Hoja Ali, Anqara, Istanbul va Marmara universitetlari olimlari bilan bir qatorda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov “XVIII-XIX asrlarda Buxoroda yozilgan fiqhiy asarlar tahlili” va Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar” mavzuidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Onlayn-muloqotda tarixchi, islomshunos va sharqshunos olimlar Movarunnahr tarixiga oid ilmiy izlanishlari, toʻplangan manbalar bilan oʻrtoqlashdilar. Ishtirokchilar tomonidan Movaraunnahr hududi nafaqat islom dini, balki barcha sohalar taraqqiyotida svilizatsilar chorrahasi boʻlgani eʼtirof etildi.