Mourinyo «Real»dan yana ikkita futbolchi sotib olishni so'radi
Portugaliyalik mutaxassisga markaziy himoyachi va yarim himoyachi kerak.
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning hozirgi tarkibidan to‘liq qoniqmagan. Portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yana ikki transferni amalga oshirishni istamoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mourinyoning asosiy istaklaridan biri — chap oyoqli markaziy himoyachi xarid qilish. Shuningdek, u yarim himoya chizig‘ini universal va yuqori tempda o‘ynay oladigan futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
Mourinyoga «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining nomzodi ma’qul. «Inter» italiyalik futbolchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda.
«Real» xuddi shunday mablag‘ni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini transfer qilish uchun ajratgan edi. Biroq ispaniyalik futbolchining «Barselona»ga o‘tishga qaror qilgani sababli madridliklar transfer rejasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Mourinyo, shuningdek, jamoasida «Atletiko»ning yangi futbolchisi Morten Yulmann kabi profilga ega yarim himoyachi bo‘lishini istamoqda. Portugaliyalik murabbiy bunday futbolchini yuqori tempdagi uchrashuvlarda katta hajmdagi ishni bajara oladigan «total» yarim himoyachi sifatida ko‘rmoqda.