Moskvada Islom Karimov haykali oʻrnatildi
Moskva markazida, Oʻzbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov haykali oʻrnatildi va ayni paytda hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Moskva markazida, Oʻzbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov haykali oʻrnatildi va ayni paytda hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Sputniknewsning yozishicha, haykal Polyanka metro bekati va Oʻzbekiston elchixonasi yaqinida, 1-Kazachiy koʻchasidagi 13-uy va Bolshaya Polyanka koʻchasidagi 39-uylar orasida, Islom Karimovnomidagi xiyobonda joylashgan.
Hozircha haykal oq mato bilan oʻrab qoʻyilgan, uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston elchixonasi haykalning ochilish sanasini maʼlum qilmagan.