Moskvada 23 yil ichida birinchi marta Rossiya kuni munosabati bilan Qizil maydonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert bekor qilindi
“Agentstvo” nashri ma’lumotiga ko‘ra, 12-iyunga belgilangan Moskvadagi Qizil maydondagi konsert qayta rejalashtirildi. Ijrochilar orasida “Shaman”, Larisa Dolina, Tatyana Kurtukova, Aleksandr Buynov va “Ay Yola” guruhi bor edi. Mazkur tadbir Qizil maydondan poytaxt sharqidagi Preobrajenskaya maydonidagi “Mossovet” madaniyat markaziga ko‘chirildi.
2003-yildan beri Rossiya kuni muntazam Qizil maydonda nishonlab kelingan.
Bir oy oldin bu joyda an’anaviy G‘alaba kuni paradi kichraytirilgan ko‘rinishda o‘tkazildi. 2007-yildan beri ilk bor paradda harbiy texnika namoyish etilmadi. Qarorni Mudofaa vazirligi “hozirgi amaliy vaziyat” bilan bog‘ladi, Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa “terror tahdidi” bilan izohladi.
S.Rahimov, O‘zA