Mo‘minjon Abdullayev bronza medalini qo‘lga kiritdi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
-130 kilogramm vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mo‘minjon Abdullayev bronza medali uchun singapurlik Timoti Yu Loxga qarshi gilamga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahsda bulung‘urlik polvon raqibini (4:0) mahlubiyatga uchratdi va terma jamoamizga uchinchi medalni taqdim etdi.
O‘zA