Moʻynoq tumanida yangi masjid qurilmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanining “Qozoqdaryo” OFY hududida yangi masjid qad rostlamoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanining “Qozoqdaryo” OFY hududida yangi masjid qad rostlamoqda. Qoraqalpogʻiston Musulmonlar qaziyati va Moʻynoq tumani hokimligi vakillari ishtirokida yangi masjid binosiga tamal toshi qoʻyildi.
Qoraqalpogʻiston Musulmonlar qaziyati taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi topshirigʻi asosida hududda qator taʼmirtalab masjid binolarini qayta qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalliy homiylar va aholi yordami bilan qator masjidlar, jumladan, Nukus tumanidagi “Imamatdin ishan”, Beruniy tumanidagi “Badr ota”, Kegeyli tumanidagi “Iskender va Alauatdin ishan” masjidlari binolari namunaviy koʻrinishda yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. “Qozoqdaryo” OFY hududida avval masjid yoʻq edi. Aholi murojaatlari asosida hozirda bu joyda yangidan masjid binosi qurilmoqda.