Mixail Gorbachyov 92 yoshida vafot etdi
Sobiq Sovet Ittifoqining birinchi Prezidenti Mixail Gorbachyov seshanba kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 92 yoshida vafot etdi.
Shu munosabat Gorbachyovning oila a’zolariga dunyo siyosatchilari tomonidan ta’ziyalar bildirilmoqda.
“Sovuq urushni qonsiz yakunlashga olib kelgan, tub islohotlarni amalga oshirgan Sovet Ittifoqining so‘nggi Prezidenti, Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Mixail Gorbachyovning vafoti haqidagi xabardan qayg‘udaman”, dedi o‘z baynotida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish.