Mintaqaga mos nav yaratilishi kerak (+video)
Bugungi kunda dunyoda dehqonchilik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ilm-fan bilan amaliyot integratsiyasi bor joyda taraqqiyot ta’minlanayapti. O‘zbekiston olimlari ham bugun shu yo‘ldan borib, jahondagi turli sohalardagi ilmiy yutuqlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarni chuqur o‘rganilib, milliy navlar yaratilishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va istiqbollilari keng dala maydonlariga joriy qilinyapti.
Seleksioner olimlarimizning ilmiy tadqiqotlari, dehqonchilik mavsumi oldidan taklif etilayotgan yangi navlar va zarur tavsiyalar xususida Toshkent davlat agrar universiteti professori, biologiya fanlari doktori Sirojiddin Jo‘rayev bilan suhbatlashdik.
- Urug‘chilik uchun birinchi navbatda navlarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, respublikamiz iqlim-sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lgani uchun biz avvalo mintaqaga mos navlarni yaratib, keyin urug‘chiligini tashkil qilishimiz kerak. Bizda oldindan g‘alla va paxta urug‘chiligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib keliningan bo‘lsa, endi moyli ekinlar, meva-sabzavot va poliz ekinlari bo‘yicha ham juda katta ishlar qilinmoqda. Har bir mintaqaga o‘ziga mos bo‘lgan navni yaratish kerak.
2024-yil issiq kelishi, suv resurslarining 10 foizdan 15 foizgacha kam bo‘lishi shunga xos bo‘lgan navlarni tanlashni taqozo etmoqda...
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/degigv8j6Cg" title="Mintaqaga mos nav yaratilishi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA