Mini futbol maydonida – yosh harbiy xizmatchilar
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon shahridagi harbiy qism va harbiy prokuratura hamkorligida 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
[gallery-12416]
Musobaqada 11 ta jamoa g‘oliblik uchun to‘p surdi. O‘yin hakamlar tomonidan shaffof va odilona baholanib borildi. Natijaga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy qismning “Lochinlar” jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Mudofaa vazirligiga qarashli Xonobod shahrida joylashgan harbiy qismning “Ideal”, uchinchi o‘rinni Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari xodimlaridan iborat “Chegarachilar” jamoasi egalladi.
G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA