Millatlar ligasida yarim finalchilar nomi ma’lum
Futbol bo‘yicha Yevropa mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida Millatlar ligasi musobaqasining so‘nggi 6-turi o‘z yakuniga yetdi.
Shu tariqa musobaqaning "A" guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi o‘rinni egallagan to‘rt jamoa – Italiya, Belgiya, Fransiya va Ispaniya termalari yarim finalga yo‘l oldi.Kelgusi yilning iyun oyida o‘tishi rejalashtirilayotgan yarim final bosqichida Italiya Belgiya bilan, Fransiya esa Ispaniya bilan final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, yarim finalda g‘olib bo‘lgan ikki jamoa final bosqichiga yo‘l olsa, ikki mag‘lub jamoa uchinchi o‘rin uchun kuch sinashadi.