Mikrobga qarshi kurashish haftaligi
Dunyo bo‘ylab har yili o‘tkaziladigan ushbu global haftalik mikroblarga qarshi dorilarga chidamlilik bo‘yicha bilimlarni oshirish va bu boradagi muammolarni o‘rganishga qaratilgan.
2015 yil may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasi 68-sessiyasida antibiotikka chidamlilik muammosini hal qilish bo‘yicha global harakat rejasi tasdiqlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad jamoatchilikning bu boradagi xabardorligini, ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishdir.
JSST mikrobga qarshi dori vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish uchun barcha sektor vakillari sa’y-harakatini birlashtirishga chaqiradi.
O‘zA