MIB bir oilani yarashtirmoqchi bo‘ldi, ammo...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi fuqaro I. Qudratjanovdan sobiq turmush o‘rtog‘i Sh. Sobirovaga voyaga yetmagan 3 nafar farzandini olib berish bo‘yicha qaror chiqardi...
Mazkur ish bo‘yicha majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi. Majburiy ijro harakatlari davomida ularni yarashtirish choralari ko‘riladi. Afsuski, oilani saqlab qolishning iloji bo‘lmaydi. Shunday bo‘lgach, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatning oldini olish maqsadida mutasaddi idoralar xodimlari jalb qilinib, majburiy ijro harakatlari olib boriladi. Natijada bolalar Sh. Sobirovaga olib berildi. Mazkur ish O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 41-moddasiga binoan tamomlandi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA